Iqtisodiy “zarbalarga” tayyorgarlik: Italiya Markaziy banki yangi rejasini ochiqladi
Italiya Markaziy banki 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Italpress” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat global iqtisodiyotdagi geosiyosiy ziddiyat, iqtisodiy fragmentatsiya xavfi va texnologiya sohasidagi tezkor o‘zgarishlar sharoitida bank faoliyati ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Strategik rejada tashqi omillar va ehtimoliy iqtisodiy “zarbalarga” tezkor javob berish, institutsional kommunikatsiyani kuchaytirish, shuningdek, pul yuvishga qarshi kurash va moliya bozori infratuzilmalarining kiberxavfsizligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
D.Hakimov, O‘zA