Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy taraqqiyot garovi
20:05 / 2016-05-20

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Kichik biznes – mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining garovi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Kichik biznes – mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining garovi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D.Ergashev va boshqalar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali xalqimizning turmush darajasini yaxshilash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, aholining real daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovlari yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda alohida o‘rin tutmoqda.

Konferensiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kreditlar, xomashyo resurslari, shuningdek, davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizm sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.