Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari
16:34 / 2025-07-23

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Besh yillik sarhisob: Iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari” mavzuida anjuman o‘tkazildi. 

Anjumanda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva, viloyat mahallalarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, mehnatga layoqatli, ishsiz, kasb-hunar o‘rganish yoki tadbirkorlikka qiziqish bildirgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega qilish, bandligini ta’minlash, “Ayollar daftari”ni samarali yuritish hamda xotin-qizlar muammolarini o‘rganib, ularning xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Bu boradagi ezgu ishlarga alohida to‘xtaldi.

[gallery-24430]

Ta’kidlanganidek, 2021-2024 yillarda «Ayollar daftari»ning 5 ta bosqichiga viloyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj jami 234 ming 228 nafar xotin-qiz kiritilib, ularga 340 milliard 900 million so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi. Joriy yilda ham daftarning 6-bosqichida vohaning 70 ming 979 nafar xotin-qizi ro‘yxatga kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Tadbirda hayotida muvaffaqiyat qozongan, kasb egallab, o‘z ishini yo‘lga qo‘ygan va mahalladagi xotin-qizlarga namuna bo‘la oladigan ayollar ishtirokida tashkil etilgan “Yetakchi ayollar” klubi a’zolari tanishtirib o‘tildi. Klubning bosh maqsadi – iqtidorli va faol xotin-qizlarni birlashtirish, ular o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, endigina ish boshlayotgan yosh ayollarga maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat.

Anjuman davomida “Ayollar daftari” orqali o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqargan, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, oilasi va jamiyat uchun foydali faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular endi nafaqat o‘z hayotida, balki mahallasida, shahar va tuman miqyosida ham ibratli faoliyat namoyon etayotgan “yetakchi ayollar” sifatida ko‘rilmoqda.

Anjuman yakunida faol ishtirokchilarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari topshirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA