French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy manfaatlarimiz ishonchli himoyada
17:42 / 2016-01-14

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 24-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 24-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita markaziy apparati va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari, bojxona faxriylari, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi, Oliy harbiy bojxona instituti vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z.Do‘sanov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz suvereniteti va milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimiz mudofaa qobiliyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda bojxona to‘lovlarini undirish kabi muhim vazifalarni bajarib kelayotgan bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini yanada oshirishda zamonaviy bojxona nazorati mexanizmlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.

2015-yilda davlat byudjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari 2014-yildagiga nisbatan 4 foizga oshdi.

Xizmat faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2015-yilda Nukus, Termiz, Bekobod shaharlarida, shuningdek, joriy yilda – Vatan himoyachilari kuni arafasida Angren shahrida bojxonachilar uchun yangi xizmat uylari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 12-yanvardagi «Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, bojxona organlari xodimlarining bir guruhi Vatanimizning yuksak orden va medallariga sazovor bo‘ldi. Tadbirda ularga ushbu yuksak mukofotlar topshirildi.

– Vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi kamtarona mehnatim yuksak e’tiborga sazovor bo‘lganidan baxtiyorman, – deydi «Jasorat» medali sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi katta tezkor vakili Bekzod Shukurov. – Bu ishonchni oqlash, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi va farovonligini ta’minlash uchun yanada ko‘proq mehnat qilaman.