Muxammadsoyib Abduxokimovich TOSHPO‘LATOV o‘qituvchi Andijon davlat texnika instituti Andijon, O‘zbekiston muxammadsoyib012@gmail.com орcид 0009-0001-3423-0993
Annotatsiya
Maqolada XXI asr sharoitida mintaqaviy integratsiya jarayonlarining global iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilingan. Turkiy davlatlar, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning nazariy-metodologik asoslari, amaliy holati va rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida savdo, investitsiya, transport-logistika, raqamli iqtisodiyot va yashil energetika sohalaridagi hamkorlikning ahamiyati ochib berilgan. Mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: mintaqaviy integratsiya, turkiy davlatlar, iqtisodiy hamkorlik, savdo aylanmasi, investitsiya, raqamli iqtisodiyot, yashil iqtisodiyot.