English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidan qanday natijalar kutilyapti? (+video)
08:20 / 2023-11-07

Ma’lumki, joriy yilning 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, sammit dasturi doirasida O‘zbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston 1992 yil 28 noyabrdan IHT a’zosi hisoblanadi. Mamlakat mazkur xalqaro tuzilma doirasidagi sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, jahon bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, mintaqada transport yo‘laklarini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish borasida hamkorlik qilib kelmoqda.

“Xalqaro sharh” dasturining navbatdagi sonida mazkur nufuzli yig‘in va uning ahamiyati xususida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosatshunos olim Sayfiddin Jo‘rayev bilan birgalikda tahlil qilamiz.

Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/uxMgXbyTzx8" title="Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidan qanday natijalar kutilyapti?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA