Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy barqarorlik omili
08:06 / 2023-01-27

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ayni paytda ikkita paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilgan. “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati shulardan biri.  

Bugun ushbu tadbirkorlik sub’ekti xomashyo yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oluvchi yagona zanjir yaratish yo‘lida faoliyat olib boryapti. Korxonaning to‘quv sexi xorijdan keltirilgan zamonaviy va energotejamkor uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda 55 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.

[gallery-10386]

Korxonada uch turdagi mato ishlab chiqariladi. Mavjud quvvat esa bir sutkada 10 ming pogonametr mato tayyorlash imkonini beradi. Mazkur yarimtayyor mahsulotning bir qismi klasterning o‘zida kiyim-kechak va tekstil buyumlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilsa, qolgani MDH mamlakatlariga eksport qilinayotir.

 

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA