Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodchilar “eng qimmat” shaharlar reytingini e’lon qilishdi
19:46 / 2021-12-02

Britaniyaning Economist Group kompaniyasi tahlil bo‘limi hisoblangan Worldwide Cost of Living ot Economist Intelligence Unit e’lon qilgan yangi reytingda Isroil poytaxti Tel-Aviv ilk bor dunyoning “eng qimmat” shahriga aylandi. Bungacha Parij shahri ushbu maqomni egallab turgandi.

"Tel-Aviv ilk bor reytingda o‘tgan yilgi beshinchi o‘rindan bu yil birinchi pozitsiyaga chiqdi", – deyiladi Economist Intelligence Unit saytida e’lon qilingan matbuot xabarnomada.

Xabarda ta’kidlanishicha, shaharda hayotning qimmatlashib ketishiga asosan, milliy pul birligi bo‘lgan shekeli kursining AQSH dollariga nisbatan oshib ketgani, oziq-ovqat mahsulotlari va transport xizmatlari narxlarining qimmatlashgani sabab bo‘lgan.

Eronning Tehron shahrida ham narxlar keskin oshgan, natijada Tehron shahri eng qimmat shaharlar reytingida avvalgi 79 o‘rindan 29 o‘ringa chiqib oldi. Bunga AQSH joriy qilgan sanksiya ham sabab bo‘lgani aytilmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, eng arzon narx Suriya poytaxti Damashqda va Liviyaning Tripoli shahrida qayd etilgan.

Eng qimmat shaharlar reytingida Janubiy Koreya poytaxti Seul ham yuqoriga shiddat bilan intilmoqda. U avval eng so‘nggi o‘rinlarda yurar edi, endi yuqori 10 talikka chiqib oldi. Seul ushbu reytingdagi uchinchi o‘rinni Olimpiada-2020 ga mezbonlik qilgan Tokio (Yaponiya) bilan baham ko‘rmoqda.