Usi (Wuxi) — Xitoyning sharqiy qismida, Szyansu viloyatida joylashgan, iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanayotgan va madaniy merosi boy shaharlardan biri. Shanxay va Sujou kabi yirik megapolislar yaqinida joylashgan bu shahar “Tayhu ko‘li sohilidagi javohir” sifatida taniladi.
Mazkur shahar ikki ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, qadimda Buyang, Tan va Sun sulolalari davrida muhim savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahar ipakchilik, choychilik va keramika san’ati bilan mashhur bo‘lib, bu an’analar hozirgacha saqlanib kelmoqda.


Usida joylashgan Linshan dahang Buddasi Xitoyning eng yirik ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari Usi Xitoyning yetakchi sanoat markazlaridan biridir.
Shaharda innovatsiyalar, avtosanoat va mashinasozlik, energetika va yashil texnologiyalar hamda kimyo va metallurgiya sanoati keng rivojlangan. Ko‘plab xalqaro kompaniyalar, texnoparklar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


Usi shahrining eng katta tabiiy boyligi — Tayhu ko‘li. U Chindagi eng katta ko‘llardan biri bo‘lib, yil davomida minglab sayyohlarni o‘ziga chorlab turadi.
Shuningdek, Usida"Huishan Ancient Town" — asrlar davomida saqlangan qadimiy shaharcha,"Jichangyuan" bog‘i — ming yillik bog‘sozlik san’atining namunasi, Linshan madaniy turizm zonasi va (Wuxi Studios) — Xitoy kino sanoati markazlari kabi maskanlar joylashgan.


Usi transport jihatidan juda qulay shahar. Shahardan Xitoyning tezyurar poyezdlari orqali Shanxayga 30–40 daqiqada yetib borish mumkin. Shuningdek, Usi Xalqaro Aeroporti (Wuxi Sunan Shuofang Airport) faoliyat ko‘rsatadi. Shahar ichida zamonaviy metro, avtobus va taksi xizmati rivojlangan.


Usi — tarix, madaniyat, tabiat va zamonaviy sanoat uyg‘unlashgan shahar. Uning iqtisodiy salohiyati, turizm imkoniyatlari va qulay infratuzilmasi shaharni Xitoyning eng jozibador maskanlaridan biriga aylantirgan.

Mazkur shahar bugungi kunda nafaqat ishlab chiqarish markazi, balki madaniy va sayyohlik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega hudud hisoblanadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eI91gDb4Elc" title="Iqtisod va madaniyat uyg‘unlashgan Usi shahri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA