Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli yoshlarning xorijda tahsil olishi uchun grant ajratilmoqda
07:57 / 2022-07-15

bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasini yuksaltirish, ularning bilim va ijodiy salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va foydali ishlarga jalb etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, bu borada Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi olib borayotgan ishlar e’tiborga molik.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi ayni shu maqsadda “Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi bilan shartnoma  imzolagan edi. Ayni paytda mazkur shartnomaga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Volga davlat texnologiya universitetida “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari uchun 50 ta grant ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir xushxabar shundan iboratki, endilikda Rossiya Federatsiyasining admiral G.I.Nevelski nomidagi Dengiz davlat universitetida  bepul tahsil olish uchun ham 30 ta grant ajratilmoqda. Grant sohibi bo‘lish uchun esa o‘quvchilardan rus tilini mukammal bilish va erkin gapirish hamda yo‘nalish bo‘yicha qobiliyat (malaka)ga ega bo‘lish talab etiladi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘zaro hamkorlikdagi amaliy sa’y-harakatlar yurtimiz farzandlarining barkamol, har jihatdan yetuk bo‘lib voyaga yetishishiga, o‘zidagi bor iqtidor va iste’dodini yuzaga chiqarishiga xizmat qiladi.

M.Komilova, 
O‘zA