Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli yoshlar – yurt tayanchi
15:04 / 2024-02-10

Bugungi kunda yurtimizda Navoiy dahosini ulug‘lash, uning nomini va boy adabiy merosini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, buyuk alloma nomi bilan ataluvchi ko‘chalar, kutubxonalar va ko‘plab ziyo maskanlari, mahallalar va boshqa muassasalar bor. Oliy ta’lim tizimida, filologiya yo‘nalishida o‘qiyotgan iqtidorli talabalar uchun “Navoiy” nomidagi stipendiya joriy qilingan.

Masalan, joriy o‘quv yilida Qarshi davlat universitetining 17 nafar bakalavriat bosqichi talabasi Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi. Ahamiyatlisi, ular orasidan 12 nafarini “Navoiy” nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan talabalar tashkil etadi. 

Ismigul Samatova universitetning filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. Ismigul talabalik davrining ilk bosqichidanoq o‘zining tirishqoqligi, ishchanligi va bilimdonligi bilan ko‘zga tashlandi. Jumladan, 2021 yil oktyabr oyida viloyat miqyosida “Eng ko‘p kitob o‘qigan qiz” deb topildi. Shu yilning o‘zida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovning shahar, viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni olib, Respublika bosqichida Qashqadaryo sha’nini munosib himoya qildi hamda 10 million so‘m pul mukofoti va noutbukni qo‘lga kiritdi.

Ismigul 2-kurs talabasi bo‘lganida ijod sohasida samarali faoliyat olib bora boshladi. Xususan, ilmiy maqolalari Amerika, Germaniya, Belgiya, Hindiston, Portugaliyaning nufuzli jurnallarida chop etildi. O‘zining tezislari bilan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdi. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-majmua tuzib, xalqaro nashriyotda chop etishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, ijodiy ishlarini ingliz tiliga o‘girib, xalqaro antologiya va gazetalarda nashr ettirdi. 

Ta’kidlash joizki, qahramonimizning yutuqlar ko‘lami ko‘zni quvontiradi. “Eng yaxshi kitobxon talaba – 2022” ko‘rik-tanlovining universitet, hududiy, mintaqaviy hamda Respublika bosqichida a’lo tarzda qatnashib, 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Joriy o‘quv yilida Ismigul “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi va “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni qo‘lga kiritdi.

– Bunday yutuqlarni qo‘lga kiritishimda ustozlarimning, oilamning hissasi beqiyos. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan yuksak natijalarga erishayapman, – deydi Ismigul Samatova. – Kelgusida rejalarim katta. Magistratura, doktoranturada tahsilni davom ettirmoqchiman. Yana ko‘p xorijiy tillarni o‘rganish niyatim bor. Hozir ingliz, turk tilllarida erkin muloqot qila olaman. 

[gallery-15906]

Qarshi davlat universitetida Ismigul Samatova kabi iqtidorli talabalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oliy o‘quv yurtida yaratilgan sharoit va bilimga bo‘lgan intilish yutuqlar uchun omil bo‘lmoqda. Zero, yurt taraqqiyotini ilmli yoshlar belgilaydi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari