English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning “Oltin fond”i
08:14 / 2022-01-22

Mamlakatimizda “Uzbekistan GTL” zavodi ochilishi sanoatimizda yana bir yorqin sahifa bo‘ldi. Ushbu zavod neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonadir.

“Uzbekistan GTL” zavodi dunyoda oltinchi “Sasol” texnologiyasi bo‘yicha loyihalashtirilgan uchinchi zavod hisoblanadi. Janubiy Afrika Respublikasi, Nigeriya, Malayziyada 1 tadan GTL zavodi qurilgan bo‘lsa, Qatarda 2 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu majmuada yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 mlrd. dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 mln. tonna tayyor suyuq yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqariladi. 

Quvonarlisi, zavod qurilishida qatnashgan mutaxassislarning qariyb 80 foizi o‘zimizning mahalliy kadrlar. Bu tajriba kelgusida mamlakatimizda yangi sanoat ob’ektlarini o‘z kuchimiz bilan barpo etishda juda kerak bo‘ladi. 

Bugun “Uzbekistan GTL” zavodining mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati barchamizga ayon. Ana shunday yirik majmuaning foydalanishga topshirilishi institutimiz faoliyatida, o‘quv va ilmiy jarayonlarida, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim asos bo‘ladi.

Prezidentimiz tomonidan o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish, talabalar amaliyotini aynan shu zavodda tashkil etish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Sanoatimizning yuksak istiqbolini kimlar belgilaydi – bugungi Yangi O‘zbekistonning yoshlari. Davlatimiz rahbari bugun har tomonlama bilimli, zukko, zamonaviy texnologiyalarni boshqara oladigan, o‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan yoshlarga katta ishonch bildirmoqda. 

Yaqinda Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan birga “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldik. Korxonaning ish jarayoni, laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdik. Bu yerda hamkorlikda qilinadigan ishlar, zavod negizida ta’lim klasterini yaratish masalalari muhokama qilindi. Korxonada mehnat qilayotgan ko‘plab yoshlar bilan suhbat  o‘tkazdik. Ular bilan ta’lim tizimidagi yutuqlar, muammolar, kamchiliklar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik. Yoshlarning mulohazalari biz uchun juda muhim. Shunga qarab biz o‘z ishimizning bahosini aniqlab olamiz, shuningdek ta’lim jarayoniga muhim o‘zgartirishlar kiritamiz.

Mazkur tadbir yakunida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlarining o‘quv jarayonlarini amaliyot bilan birgalikda “Uzbekistan GTL” zavodida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Talabalarning malakaviy amaliyotni o‘tashlari uchun zavodda zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Malakaviy amaliyotdan o‘tgan talabalar tanlov asosida “Uzbekistan GTL” zavodining to‘laqonli xodimi sifatida, muddatli mehnat shartnomasi orqali ishga qabul qilinadi.

O‘zaro hamkorlik rejasiga muvofiq har oyda institutning neft-gaz yo‘nalishlari bo‘yicha dars berayotgan professor-o‘qituvchilari va ilmiy-pedagog xodimlaridan 3 nafari “Uzbekistan GTL” zavodi laboratoriyasida hamda texnologik jarayonlarida stajirovka o‘taydi.

Bu bitimning ahamiyati shundaki, endilikda professor-o‘qituvchilarimiz ushbu zavodning markaziy laboratoriyasidagi barcha asbob-uskunalardan ilmiy va amaliy ishlarda foydalanish imkoniyatiga. Zavodda o‘rnatilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida o‘quv rejasidagi fanlar nomi va fan dasturlari qayta ishlab chiqiladi. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar va laboratoriyalarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar yaratiladi.

Davlatimiz rahbari qayd etilganidek, Qashqadaryo viloyatida O‘zbekistondagi birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinishi barobarida viloyatimizning neft, gaz va kimyo sanoatining istiqbolli yo‘nalishlarini ta’minlash, yuqori samaradorligini yanada oshirish uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashning yangi zamonaviy dastur va rejalari ishlab chiqiladi.

Shuni alohida qayd etish mumkinki, institut bir necha yillardan buyon viloyatdagi yirik korxonalar bilan hamkorlik qilib keladi. Professor-o‘qituvchilarimiz belgilangan reja asosida “Sho‘rtan gaz kimyo-majmuasi” MCHJ da zamonaviy innovatsion texnologiyalar va jihozlar bilan tanishib, o‘z malakalarini oshirayapti. Buning samarasi nimada ko‘rinadi? Avvalo, o‘qituvchilarimiz eski qoliplardan voz kechib, ta’lim jarayonini zamon talablariga moslaydi.