French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli talabalar uchun navbatdagi muhim bosqich
15:08 / 2026-01-16

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha respublika bosqichi tanlovlari 22–29 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Bu stipendiyalarga talabgor bo‘lgan yoshlar hujjatlarini o‘tgan yilning 1–15 noyabr kunlari my.edu.uz elektron platformasi orqali topshirgan edi. Mamlakat bo‘ylab 98 ta oliy ta’lim muassasasidan 700 nafardan ortiq iqtidorli talabalar tanlovda qatnashish istagini bildirgan.

Hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish jarayonida ayrim talabgorlarning hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan. Hozirda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishchi guruh tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Shu bois, Prezident va nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha respublika bosqichi tanlovlari 2026 yilning 22–29 yanvar kunlariga belgilandi. Ushbu tanlov iqtidorli yoshlar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

N.Rahmonova,

O‘zA