FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 1 ming 170 nafar o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Sport maktabi tasarrufida 3 ta sport inshooti, “Buxoro” sport majmuasi, “Humo” tennisga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi va “Sitora” chim ustida xokkey sport turiga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi mavjud. Sport maktabida 13 ta sport turi bo‘yicha 69 nafar murabbiy faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Buxoro shahrida mavjud 43 ta umumta’lim maktabida o‘quvchilarni maktab hududini tark etmasdan darsdan tashqari sportga qamrab olish maqsadida sport maktabi to‘garaklari tashkil etilgan.
[gallery-10972]
bugungi kunga qadar sport maktabida 2 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 12 nafar sport ustasi hamda 89 nafar sport ustaligiga nomzod yetishib chiqqan.
2022 yilda maktab sportchilari Osiyo chempionati va kuboklarida 13 ta hamda jahon chempionatlarida 15 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lib, shundan 15 tasini oltin medal tashkil etdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA