Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli shaxmatchilar maskani
18:59 / 2014-07-18

Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida ko‘plab sport turlari qatori shaxmat ham yurtimiz yoshlari o‘rtasida tobora ommalashmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida ko‘plab sport turlari qatori shaxmat ham yurtimiz yoshlari o‘rtasida tobora ommalashmoqda. 

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 15-olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabiga 500 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz doimiy a’zo. Bu yerda yoshlarning shaxmat bilan muntazam shug‘ullanishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ravshan Shukurov, Elbek Aliqulov, Sunnat Banyazov, Nodira Nodirjonova, Sevara Boymurodova kabi tajribali murabbiylar yosh shaxmatchilarga «aql gimnastikasi» sirlarini puxta o‘rgatib kelmoqda.

– Sport maktabimiz yetuk shaxmatchilarni tarbiyalagan dargoh sanaladi, – deydi katta murabbiy Ravshan Shukurov. – 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham shaxmatga ilk qadamini ana shu maktabdan boshlagan.

Mazkur sport maktabi jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan, dunyoning kuchli sportchilari bilan bahslasha oladigan yosh iste’dodlarni kashf etishda davom etmoqda. 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida 126 mamlakatdan qariyb 2600 nafar sportchi ishtirok etgan jahon chempionatining sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida g‘olib chiqqan Nodirbek Abdusattorov, 2013-yili Birlashgan Arab Amirliklaridagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori Bahora Abdusattorova, o‘sha yili Shri-Lankada o‘quvchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan Ortiq Nig‘matov, Shamsiddin Vohidov, Dilbar Hamroyeva shu maktab tarbiyalanuvchilaridir.

– Mamlakatimizda yoshlarning o‘z qiziqish va intilishini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Osiyo chempioni Shamsiddin Vohidovning otasi Po‘lat Tog‘ashev. – Buning samarasida yurtimizda voyaga yetayotgan sog‘lom avlod o‘z iste’dodi va mahorati bilan jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.