Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli o‘quvchilar mahorat ko‘rsatdi
11:57 / 2025-06-19

Samarqand shahrida shu kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan 14 jamoa qatnashib, milliy cholg‘u asboblaridan qay darajasi mahorat bilan foydalanishini namoyon qildi.

[gallery-23956]

O‘quvchi-yoshlarning milliy musiqa san’atiga qiziqishlarini va cholg‘u asboblaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda maktablarning 6-10 sinf o‘quvchilari sakkiz nafardan jamoa bo‘lgan holda ishtirok etishlari mumkin.  

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 7-11 aprel kunlari o‘tkazilib, unda 8890 jamoa qatnashgan bo‘lsa, 14-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan hududiy bosqichda  208 ta jamoa mamlakat bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashdi.  

Yakuniy bosqichda jamoalarning chiqishlarini yurtimizning taniqli bastakor va sozandalari baholab bordi.  

“Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bugun kechqurun Samarqand xalqaro turizm markazi “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkaziladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari