2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga ko‘ra, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish hamda aholi salomatligini ta’minlash doirasida muhim islohotlar amalga oshiriladi. Jumladan, joriy yil 1 apreldan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga (Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridan tashqari) farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi.
Darsliklarni yangilash uchun 605 milliard so‘m ajratiladi. 141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkaziladi.
105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi. Xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifagadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi.
2022 yil 1 iyulga qadar iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. 2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.
O‘zA