Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli ijodkor o‘quvchilar saralanmoqda
19:21 / 2025-04-19

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Ijod yoshlari” tanlovining tuman, shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘quvchilarning nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha iste’dod va qizishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodkor o‘quvchilarni erta aniqlash, o‘zbek va jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning tuman, shahar bosqichlarida umumta’lim maktablari 4-, 5- va 6- sinflarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi.

– Tanlovning tuman, shahar bosqichlarida qatnashish uchun  viloyatdagi umumta’lim maktablarining 4-, 5- va 6- sinflarida tahsil olayotgan 108 nafar iqtidorli o‘quvchi onlayn ariza topshirgan, – deydi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova. – Ular belgilangan tartibda test sinovlaridan o‘tmoqda.  

Ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan fanlar bo‘yicha o‘rganish, anglash, mulohaza qilish singari qator yo‘nalishlar asosida tuzilgan savollar doirasida test sinovlaridan o‘tmoqda, bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.  

Test sinovlari adolatli, shaffof, onlayn kuzatuv asosida o‘tkazilmoqda. Test natijalariga ko‘ra, har bir sinf bo‘yicha 1- 2- va 3- o‘rinni egallagan o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.  

[gallery-22910]

Tanlovning matn tuzish va suhbat asosida o‘tkaziladigan viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 6-sinf o‘quvchisi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.  

Tanlovning tuman, shahar bosqichlari g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.  

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari