English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqlim o‘zgarishiga moslashish — davr talabi
11:58 / 2025-11-20

Butun Yer sayyorasida iqlim o‘zgarishi muammosi avj olib borayotgani dunyo davlatlari va xalqlarini jiddiy tashvishga solmoqda. Iqlimning keskin o‘zgarib borishi bevosita boshqa ekologik muammolar yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda. Cho‘llanish, qurg‘oqchilik, suv taqchilligi, biologik xilma-xillikning buzilishi, o‘simlik va hayvonot olamiga ziyon yetishi kabilar shular jumlasidan.

Shu bois, dunyo jamoatchiligi, ilmiy doira vakillari iqlim o‘zgarishlariga moslashish masalalari ustida muntazam ish olib bormoqda.  

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy-tadqiqot universitetida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Seminar Jahon bankining MUNIS dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Ilmiy tashkilotlarni modernizatsiya qilish: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti orqali O‘zbekistonning cho‘l va tog‘li hududlarida yomg‘ir suvini to‘plashni takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.  

Tadbirda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy-tadqiqot universiteti vakillari va boshqa ilmiy mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va gidrometeorologik jarayonlarga oid bir qator ilmiy ma’ruzalar taqdim qilindi.

Xususan, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi jarayonlari va ularning oqibatlari, kelajakdagi istiqbollari hamda havo ifloslanishining dolzarb masalalari, qurg‘oqchilik turlari, ularning suv resurslariga ta’siri kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining suv resurslari, qor qoplami va muzliklarga ta’siri, tog‘li hududlarda qor erishini modellashtirish va yog‘in-suv balansini hisoblashga oid ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.

Ekspert va mutaxassislar bugungi kunda iqlim o‘zgarishiga moslashish o‘ta dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, ushbu muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.  

M.Komilova,

O‘zA