Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqlim muammolarining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini kamaytirish masalalari muhokama qilindi
12:13 / 2023-03-15

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov hamda vazirlik vakillarining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) direktor o‘rinbosari boshchiligidagi rasmiy delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad YeTTB hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamkorligidagi mazkur qo‘shma missiya davomida oziq-ovqat tizimi uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirishdir.  

Dunyoda yuz berayotgan global iqlim o‘zgarishlari muammolari qishloq xo‘jaligi sohasini ham chetlab o‘tmayapti. Ushbu muammolarning oldini olish va bartaraf etish borasida hamkorlikda bir nechta loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.  

Ishtirokchilar uglerod chiqindilarini kamaytirish masalalariga e’tibor qaratib, davlat tashkilotlarida zararli chiqindilarni kamaytirish muhimligini qayd etdi.  

 

O‘zA