Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqlim faollari Rimdagi “Trevi” favvorasiga ko‘mir tashladi
14:58 / 2023-05-23

Iqlim faollari Italiya poytaxti Rim markazidagi “Trevi” favvorasining ko‘k suvini suyultirilgan ko‘mir bilan qora rangga aylantirishdi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.

10 nafarga yaqin iqlim faoli "Mamlakatimiz tugamoqda" yozuvi tushirilgan banner bilan favvora ichiga tushib olgan edi.

Rim politsiyasi xabariga ko‘ra, hibsga olingan namoyishchilarga vandallik aybi qo‘yilgan.

Rim joylashgan Latsio viloyati mahalliy hokimiyati, shahar xavsizlik xizmati, mahalliy politsiya, shuningdek, kadrlar bo‘yicha maslahatchi Luiza Regimenti ayni harakatni qoraladi.

Nigina Safarmatova