Nasiba Surabovna MIRSAATOVA mustaqil izlanuvchi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston mirsaatovan13@mail.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada Iqbol Mirzo lirikasining badiiy-estetik xususiyatlari muhabbat lirikasining yorqin namunasi asosida tahlil qilinadi. Shoir she’rlarida qo‘llangan metafora, tashbeh va ramzlarning lirik qahramon ruhiy holatini ifodalashdagi o‘rni ifodalanadi. Xususan, “ko‘z”, “muz”, “kulgu”, “boychechak” kabi obrazlar orqali muhabbat, iztirob va qalb yangilanishi poetik talqin etiladi. Shoir ijodining xalq og‘zaki ijodi bilan uzviy bog‘liqligi, qo‘shiq ohangiga yaqinligi hamda uning milliy va umuminsoniy g‘oyal bilan uyg‘unligi ochib beriladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Iqbol Mirzo she’riyatida kechinma tasviri shaxsiy ruhiy holat bilan bir qatorda milliy ma’naviy xotirani ifodalovchi muhim badiiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Tayanch so‘zlar: Iqbol Mirzo, muhabbat lirikasi, badiiy tasvir vositalari, metafora, tashbeh, ramz, xalq og‘zaki ijodi.