Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipotekabank” ATIB : “Mahallabay” tizimi – aholi bilan ishlashning eng samarali mexanizmi
12:36 / 2021-06-28

Mamlakatimizda “mahallabay” tizimining hayotga tatbiq etilishi natijasida joylardagi muammolar atroflicha o‘rganilib, ularga o‘z vaqtida yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Islohotlarimiz natijalari, bo‘layotgan o‘zgarishlar va aholining kayfiyati, avvalo, mahallada seziladi. Shu ma’noda, “mahalla — jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi”, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani ta’minlashi shart”, deya ta’kidlagan edi.  

Prezident topshirig‘iga binoan shakllangan “mahallabay” tizimi – aholi bilan ishlashning eng samarali va an’anaviy mexanizmiga aylanib, mazkur tizim asosida xalqning turmush tarzi, yashash sharoiti yanada yaxshilanmoqda.  

“Ipotekabank” ATIB Navoiy viloyati filiali xodimlari ham “mahallabay” tizimi asosida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Ular mazkur tizimning samarali amalga oshirilishi yuzasidan Nurota tumaniga biriktirilib,  o‘rganish ishlarini olib bordi.  

bugungi kunda tumanda 28 ta mahallada 15 ming 555 ta xonadonda 86,4 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 71 nafari “Temir daftar”ga, 1610 nafari “Ayollar daftari”ga va 2405 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. O‘rganishlar davomida 1112 ta muammo aniqlandi.

Mahallabay yurish natijasida 240 nafar yosh doimiy ishga, 440 nafar yosh “Yoshlar 1+1 dasturi”ga biriktirildi hamda 81 nafar yoshlar tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikatlar topshirildi.

– O‘zim “Mustaqillik” mahallasida yashayman, – deydi  Olim Jumanazarov. – O‘rganishlar jarayonida “Yoshlar daftari”ga kiritildim. O‘zim temirchilikka qiziqaman va mazkur yo‘nalishda tajribam ham bor. Bank xodimlari tomonidan o‘zim istiqomat qiladigan uyda temir darvoza va eshiklar yasash uchun sharoit yaratildi.  

Unga “Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida 30 million so‘m kredit ajratilishida ko‘mak ko‘rsatilib, temir darvoza va eshik yasashni tashkil etish orqali o‘zi kabi 2 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.

[gallery-2941]

– O‘rganishlar jarayonida mahallalarda 658,3 km ichki yo‘llarning 369 kilometri ta’mirtalab ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ta’mirlash ishlariga qariyb 91 milliard so‘m mablag‘ talab etilishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 219 kilometr elektr energiya uzatish tarmog‘ini tortish, 213 ta  transformatorni yangidan o‘rnatish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash zarurligi aniqlandi. Hozirda, 400 dan ziyod simyog‘och almashtirildi va 3 ta transformator o‘rnatildi, – deydi bank boshqaruvchisi o‘rinbosari Hamza Bobomurodov.

Nurota tumani asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, bank xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlardan keyin 3 ta qishloq xo‘jaligi hamda 2 ta parrandachilik kooperativlar faoliyati yo‘lga quyildi. Ularga 190 nafar ishsiz fuqarolar a’zolikka jalb qilinib, bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, hunarmandchilik yo‘nalishida “Nur So‘zana – 2020” va “Nurota hunarmandi” ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etilib, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan 240 million so‘mlik subsidiya ajratilishi natijasida 100 ga yaqin “Ayollar” va “Yoshlar” daftaridagi xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

Tumanni 2021-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymatdagi 649,7 milliard so‘mlik 302 ta yangi investitsiya loyihalari shakllantirilishi natijasida 1056 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

– “Mahallabay ishlash” tizimi bo‘yicha xonadonlarda uyma-uy yurish jarayonida fuqarolarning tadbirkorlik istaklari va tashabbuslari o‘rganilib, umumiy qiymatdagi 125,8 milliard so‘mlik, shundan, 28,7 milliard so‘m bank krediti mablag‘lari ajratilishi hisobiga jami 274 ta yangi investitsiya loyihalari dasturi shakllantirilishi natijasida 580 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilandi, – deydi “Ipotekabank” ATIB viloyat filiali boshilig‘i Dilzod Yakubov. – Jumladan, tumandagi “Qizilcha”, “Amir Temur” va “Yangiturmush” mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumiy umumiy qiymatdagi 6,9 milliard so‘mlik 3 ta yangi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari ishga tushirilishi natijasida 200 dan ortiq “daftarlar”dagi ishsiz fuqarolarning doimiy bandligini ta’minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, “Dehibaland” MFYda "Ko‘hna Nurota bog‘lari" MCHJ tomonidan turizm xizmatlari, umumiy ovqatlanish, savdo va dam olish maskanini tashkil etish uchun umumiy qiymatdagi 1,4 milliard so‘mlik,  “Jarma” MFYda esa “Nurota-golden-grapes” MCHJ tomonidan qiymati 1 milliard 375 million so‘mlik uzumchilik loyihasi hamda “NUR GOLD MMM” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 520 million so‘mlik bog‘dorchilik loyihasi yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 11,8 milliard  so‘mlik 32 ta investitsiya loyihalari foydalanishga qabul qilinib, 65 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilgan.  

“Ipotekabank” ATIB viloyat filiali tomonidan tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkazib berilgan 100 million so‘m xomiylik mablag‘i evaziga 53 ta xonadonga yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 13  nafar tikuvchilik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga homiylik asosida tikuv mashinalari beg‘araz tarqatildi.

Albatta, “Ipotekabank” ATIB viloyat filiali xodimlari tomonidan “mahallabay” tizimi doirasidagi o‘rganishlar, aniqlangan kamchilik va muammolarni hal etish yuzasidan manzilli dasturlar ishlab chiqilib, aholiga kerakli yordam ko‘rsatilishi davom ettiriladi.  

Abduvali Bo‘riyev,  

Siroj Aslonov (surat), O‘zA