Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipoteka-bank“ mijozlar manfaati uchun xizmat sifatini oshirmoqda
18:54 / 2019-08-28

Termizda “Ipoteka-bank“ ATIB boshqaruvi raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonov Surxondaryo viloyati tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.


Termizda “Ipoteka-bank“ ATIB boshqaruvi raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonov Surxondaryo viloyati tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda bankning Surxondaryo viloyati filiali masʼullari, bank mijozi boʻlgan xususiy tadbirkorlik subyektlari, eksportchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Prezidentimizning 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida moliya-bank tizimida mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, xizmat koʻrsatish madaniyati va aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini oshirish boʻyicha sezilarli oʻzgarishlar yuz bergani alohida taʼkidlandi.

“Ipoteka-bank“ ATIB tomonidan bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, sohada joriy etilayotgan yangi mexanizmlar kichik, oʻrta biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga, yurtimiz obodligini taminlashga xizmat qilayotir.

Ochiq muloqotda tadbirkorlar va bank munosabatlari, mijozlarning muammolarini oʻrganish, xususiy biznes faoliyatini rivojlantirishda talab etilayotgan moliyaviy va huquqiy yordam, kredit taminoti, har ikki tomon uchun oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirkorlar bilan ochiq, yuzma-yuz suhbat asosida tashkil etilgan sayyor qabul “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun“ tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatli boʻldi. Unda oʻzaro hamkorlikda yechimini topishi zarur boʻlgan muammolar boʻyicha atroflicha fikr almashildi. Jumladan, xorijiy valyutada kreditlar berish, bank mablagʻlarini ajratishda resurs bilan bogʻliq muammolar va vaqtning choʻzilib ketish holatlari hamda boshqa masalalar chuqur muhokama etilib, ularning yechimini birgalikda topish yoʻllari izlandi.

“Ipoteka-bank”ning Surxondaryo viloyati filiali vohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlarining istiqbolli loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida ahamiyat bermoqda. Shu maqsadda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qurilish mollari ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, baliqchilik, chorvachilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish istagini bildirayotgan mijozlarga yaqindan koʻmaklashayotir. Shuningdek, dasturdan tashqari oʻz biznesini rivojlantirishga bel bogʻlab, murojaat etayotgan tadbirkorlik subyektlariga ham kredit mablagʻlari ajratish etibordan chetda qolayotgani yoʻq.

– Tadbirkorlik subyektlari va sohada oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan aholini har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ularning gʻoyalarini rivojlantirishga moliyaviy, huquqiy koʻmaklashish muhim vazifalarimizdan biridir, – deydi “Ipoteka bank” ATIB Surxondaryo viloyati filiali boshligʻi B.Nurmuhammedov. – Shu maqsadda murojaat etayotgan har bir mijozning taklif va istagi atroflicha oʻrganilib, ularning yechimini izlash choralari koʻrilmoqda. Buning natijasida aholi toʻkinligi taʼminlanayotir. Masalan, joriy yilning oʻtgan davrida baliqchilikni rivojlantirish uchun 12 milliard soʻmdan ortiq kredit mablagʻi ajratildi. Bankimiz koʻmagida Termiz tumanidagi “Surxon Fish Agro Prom CO” va Sherobod tumanidagi “Gold Fish Holding” masuliyati cheklangan jamiyatlari baliqchilik klasterlari tashkil etmoqda. Bu mablagʻlarimiz parhez taom boʻlgan baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini sezilarli oshirishda muhim omil boʻlayapti.

Tadbirda “Ipotekabank“ ATIB boshqaruvi raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonov har bir mijoz bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Oʻrtaga tashlagan masalalari ildizini tahlil qildi. Xususan, Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkor A.Xoʻjamqulov koʻp qavatli uyning birinchi qavatidagi restoranni taʼmirlash uchun 300 million soʻm mablagʻ soʻrab, murojaat etdi. Buning uchun avval olingan kredit taminotiga garovga qoʻyilgan mehmonxonaning bir qismini qoʻyish taklifini bildirdi. Bu masala har taraflama oʻrganilib, qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi.

Muzrabot tumanidagi “Shamshod Elmira“ fermer xoʻjaligi rahbari Oʻ.Bozorov baliqchilikni yoʻlga qoʻyish uchun 80 million soʻm, Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Chikki xaus“ oilaviy korxonasi aylanma mablagʻni shakllantirish uchun 100 million soʻm, yakka tartibdagi tadbirkor N.Boboxonova savdoni rivojlantirish uchun 200 million soʻm kredit soʻradi. Bu masalalar joyida hal etildi. Kredit mablagʻlarini tez kunlarda oʻtkazib berishga kelishib olindi.

Sayyor qabulda xususiy biznes vakillari va aholi tomonidan “Har bir oila tadbirkor“ dasturi boʻyicha beriladigan kredit imtiyozlari, aylanma mablagʻni shakllantirish uchun olinadigan kredit, baliqchilik uchun beton hovuzlar qurish kabi masalalarda ham koʻplab murojaatlar boʻldi. Ularning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatchilarga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Yechimi malum vaqt talab etadigan masalalarga aniq muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

– Baliq yetishtirishning ham oʻziga xos jihatlari bor, – deydi Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Surxonbaliqchovaq“ fermer xoʻjaligi rahbari O.Boyxonov. – Koʻlimizga chavoq tashlasak, bir qismi nobud boʻlmoqda. Buni oʻrganib chiqib, beton hovuz qurishga ahd qildik. Buning uchun 400 million soʻm mablagʻ zarur boʻlmoqda. 300 million soʻm oʻz mablagʻimizni ishlatsak, yana 150 million soʻm kredit olishni soʻradim. Bu masala joyida yechim topganidan mamnunman.

Tadbirda bank xizmatlari koʻrsatish sifati va samaradorligini yanada oshirish, bank istemolchilari boʻlgan mijozlar manfaatini taminlash kabi masalalar boʻyicha bildirilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilandi.

-2147483648_-211858.jpg

-2147483648_-211836.jpg

-2147483648_-211860.jpg