Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipoteka-bank” ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarining 9-standarti tatbiq qilinmoqda
10:41 / 2018-12-21

“Ipoteka-bank” ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish jarayoni 2017 yilda boshlangan boʻlib, dastlab “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv Kengashida muhokama qilindi.


“Ipoteka-bank” ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish jarayoni 2017 yilda boshlangan boʻlib, dastlab “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv Kengashida muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, xorijiy investorlarga xalqaro standartlarga javob beradigan yanada ishonchli va xolis moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va xalqaro standartlar asosidagi buxgalteriya hisobini tubdan takomillashtirish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS)ning 9-standartini tatbiq etdi.

“Ipoteka-bank” ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish jarayoni 2017 yilda boshlangan boʻlib, dastlab “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv Kengashida muhokama qilindi. 2018 yil 13 fevraldagi Bank Boshqaruvining 23-sonli qaroriga asosan XMHS 9-standarti talablari boʻyicha Ipoteka-bank moliyaviy aktivlari sifatini baholovchi model yaratish ishlari boshlangan edi.

Ushbu jarayonda XMHS 9-standarti talablarini “Ipoteka-bank” ATIB tizimida tatbiq etish boʻyicha “Ipoteka-bank moliyaviy aktivlarini baholash metodologiyasi” ishlab chiqildi. Metodologiya yaratish jarayoniga dunyoning “Katta toʻrtlik” deb ataluvchi yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biri konsultant sifatida jalb qilindi. Metodologiya va ushbu asosda yaratilgan modelga xalqaro kompaniyaning sharhlari olindi va bu sharhlar asosida metodologiya bank tomonidan takomillashtirildi.

Ushbu metodologiyaga koʻra, katta maʼlumotlar bazasi yaratildi va tahlil qilindi. Jumladan, “Ipoteka-bank”ning 5 yillik kredit portfeli, barcha moliyaviy aktivlari, balansdan tashqari moddalar, debitorlik qarzdorliklari va boshqa maʼlumotlar tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu modelda Oʻzbekiston Respublikasining 5 yillik makroiqtisodiy statistik maʼlumotlari asosida iqtisodiy tendensiyalar va istiqbollarning “Ipoteka-bank” ATIBga taʼsiri korrelyatsion tahlil qilindi.

Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish natijasida, lozim holda moliyaviy aktivlarga zahiralar tuzish va “Ipoteka-bank”ning aktivlari qiymati xalqaro standartlarga muvofiq aks ettiriladi.

Reklama huquqi asosida