Hurmatli “Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari!
Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB, (korporativ veb-sayt: www.ipotekabank.uz, e-mail:
cenbum@ipotekabank.uz), Sizga 2021 yil 11 yanvar kuni soat 1100 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/ orqali bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashishingiz mumkinligini ma’lum qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
“Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.
• Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 14 dekabr.
• Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2021 yil 5 yanvar.
• Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda, 2021 yil 11 yanvar soat 1000 da boshlanib, 1100 da to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.
Reklama huquqi asosida