Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipaklari tillodan
07:48 / 2023-03-21

Samarqand shahrida "Milliy kashtachilik" II milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi boshlandi.

Ilk bor 2018 yilda Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan mazkur tadbirga bu gal Samarqand mezbonlik qilmoqda.

Unda O‘zbekistonning barcha hududlarda kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

- Mazkur tadbirning bu yilgisi Samarqandda o‘tkazilishida o‘ziga xos ma’no bor, - deydi "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Hakimov. - Chunki Samarqand ko‘hna shahar va boshqa hududlar singari milliy urf-odat va qadriyatlarni saqlab kelmoqda. Qolaversa, viloyatning har bir hududida o‘ziga xos milliy kashtachilik udumi mavjud. Bugun hunarmandlarimiz mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan kelgan kashtado‘zlar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashmoqda.

Ko‘rgazma davomida urgutlik tajribali kashtachi Mavluda Hamdamova hamda respublikamizning tajribali chevarlarining mahorat darslari va uchrashuvlari o‘tkaziladi.

- O‘zbekistonda qo‘lda tikiladigan mahsulotlarga ko‘pdan beri qiziqib kelaman, - deydi germaniyalik sayyoh Ursula Shnayder. - Ayniqsa, kashtachilik ming bir mashaqqat bilan tikilishiga ko‘p guvoh bo‘lganman. Bugun ushbu ko‘rgazmada qatnashayotganimdan xursandman. O‘z yurtimga bir necha xil kashta mahsulotlaridan olib ketmoqchiman.

Milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi ertaga Samarqandda nishonlanadigan Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarining yana bir yo‘nalishi bo‘ladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA