Ipakchilikdagi zararkunandalarga qarshi kurashda Yaponiya bilan hamkorlik qilinadi
«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi raisining bosh maslahatchisi Olimjon Jumayev, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mas’ul xodimi Togo Chisa, ipakchilik bo‘yicha xalqaro ekspertlar Eika Felipe Yamada hamda professor Kunimilar o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ipak qurti kasallanishining oldini olish va tut daraxtlariga zarar yetkazuvchi «Tut parvonasi» xasharotiga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Bu borada Yaponiya tajribasini o‘rganish uchun o‘zbek olimlari va mutaxassislarining kelgusida Yaponiyada tajriba orttirishi hamda yapon olimlarining O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar olib borishiga kelishildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA