Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilikda majburiy mehnatga ehtiyoj yo‘q
16:59 / 2023-01-26

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida AQSH davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurash va nazorat qilish boshqarmasi vakillari Margaret Jungk, Sarah Solomon hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha vakili Sara Bekker bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarning tashrifidan maqsad ipakchilik sohasida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, bu bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashishdan iborat.    

AQSHlik mehmonlarga O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘ida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan bundan bir necha yillar avval voz kechilgani, bugungi kunda ushbu sektorda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan umuman foydalanilmayotgani tushuntirib o‘tildi.  

Shuningdek, mehmonlarga “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi klasterlar faoliyati, hududiy “Agropilla” MCHJlarning ish yuritish tizimi hamda respublikada uyushma tashkil topgandan buyon qilingan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA