French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik va ipak ishlab chiqarish an’anasi hamda Nasriddin Afandi haqidagi latifalar UNESCO ro‘yxatiga kiritildi
10:59 / 2022-12-02

Turizm va madaniy meros vazirligining ma’lum qilishicha, 28 noyabrdan 3 dekabrgacha Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tadigan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning (MKMKN) 17-sessiyasi doirasida O‘zbekistonning ipakchilik va ipak ishlab chiqarish an’anasi va Nasriddin Afandi haqidagi latifalar UNESCOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu nominatsiya Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston bilan birgalikda taqdim etilgan. Qo‘mitaning baholash komissiyasi nomzodlik hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etgan davlatlarning birgalikdagi ishlarini yuqori baholagan va ularni vakillik ro‘yxatiga kiritish uchun barcha mezonlarga javob berishini ta’kidlagan.  

Aytish joizki, O‘zbekistonning moddiy madaniy merosi namunalaridan ushbu ro‘yxatga kiritilganlarining umumiy soni 11 taga yetdi. Ilgari ushbu ro‘yxatga «baxshichilik san’ati», «lazgi», «palov», «askiya», «milliy miniatyura», «Navro‘z», «Shashmaqom» va boshqalar kiritilgan edi.  

Marg‘ilonning an’anaviy atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalarini saqlash bo‘yicha hunarmandchilikni rivojlantirish markazi nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha mukammallik reyestriga kiritilgan.  

 

O‘zA