Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik tarmog‘i xorijliklar e’tiborida
15:50 / 2021-10-12

BMT qoshidagi Xalqaro savdo markazining "Etika moda tashabbusi" loyihasi bosh koordinatori Kloye Mukai va loyihaning O‘rta Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Paula Koles "Nurli tong silk" pillachilik klasteriga tashrif buyurdi.

Ipakchilik va jo‘n sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan "Nurli tong silk" pillachilik klasterida hozir  100 nafar doimiy ishchi faoliyat olib boradi. Mavsumda esa korxonada 12 ming nafar mahalliy aholi ish bilan band bo‘ladi. Korxonaning yillik eksport quvvati 3 million AQSH dollarini tashkil etadi.  

 Xorijiy mehmonlarning tashrifi va loyihadan maqsad  ipakchilik tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar va iqtidorli dizaynerlar g‘oyalarini dunyo miqyosida tanitish hamda mamlakatimiz eksport hajmini oshirishdan iboratdir.  

 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA