Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik sohasiga yangi investorlar jalb qilinmoqda
14:49 / 2024-01-06

Ipakchilik sanoatini rivojlantirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish, ipak mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish maqsadida yangi investorlar jalb qilinmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimida 13 ta hududiy va 144 ta tuman “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Shuningdek, 10 ta ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish hamda 74 ta pillachilik klasteri, 16 ta tutchilik xo‘jaligi, shuningdek, ipak, paxta va jun aralashmalaridan qo‘lda to‘qilgan gilamlar hamda ipak mato va tayyor ipakli kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi korxonalar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi a’zosi hisoblanadi. 

O‘tgan yil davomida pillachilik klasterlari tomonidan tut ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish orqali pilla yetishtirish hajmini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha jami 124,1 million tup tut ko‘chatlari ekilib, tutzorlar 54,8 ming gektarga va yakka qator tut daraxtlari 217,4 million tupga yetkazildi. 

Uyushma tizimida jami 1 million 186 ming nafar aholi band bo‘lsa, shundan 104 ming nafari doimiy va 1 million 82 ming nafari mavsumiy ishchilar hisoblanadi. 

Mazkur ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi I.Ergashev xitoylik investor, “Anhui Mulberry Biotechnology Co., Ltd." korxonasi vakili Liu Qinghuni qabul qildi. 

Uchrashuvda xitoylik investor tomonidan O‘zbekistonga investitsiya kiritilishi, xususan, yangi pillani qayta ishlash korxonasi qurish, yangi tutzor bunyod etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va loyihaning boshqa qismlari haqida atroflicha kelishib olindi. 

Mazkur loyihaning ishga tushishi natijasida 600 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA