Ipakchilik sohasida Yaponiya bilan hamkorlik kengayadi
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi a’zosi E.Rahmonov Yaponiyada bo‘lib Takasaki shahar merining savdo-sanoat, turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rinbosari Takashima bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuv har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ldi. Jumladan, Takashima ipakchilik sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni ta’kidlab o‘tdi. O‘z navbatida o‘zbek ipagini Yaponiyaga eksport qilish bo‘yicha ishlarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.


Ushbu uchrashuv haqida Yaponiya matbuotida elon qilindi. Xususan, maqola Nagano prefekturasining Gunma nashrida e’lon qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA