Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik sohasida Xitoy bilan hamkorlik
14:37 / 2025-07-02

Shu kunlarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi v. b. Ikrom Sayfullayev Xitoyning Shensi provinsiyasida faoliyat yurituvchi Ankan silkworm seed farm Co., Ltd rahbariyati bilan uchrashdi.

Ma’lumki, pillachilik sohasida Xitoy o‘ziga xos tajribaga ega davlat hisoblanadi. Ular ham bizning tajribamizni o‘rganishga doimo qiziqish bildirib kelgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, 2026 yil mavsumi uchun turli xil kasalliklarga chidamli, yurtimiz iqlimiga mos yuqori sifatli ipak qurti urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Hamkorlikda O‘zbekiston hududida ipak qurti urug‘chiligi bo‘yicha yangi qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, pillachilik klasterlari va urug‘chilik korxonalari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA