Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik sohasida xalqaro hamkorlik
11:01 / 2023-07-19

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda Xitoy davlatiga ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Joriy yilning 11 iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xitoydan yangi investitsion loyihalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, Vetnam tadbirkorlar delegatsiyasi hududlarda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi mas’ullari hamrohligida bevosita ipakchilik korxonalarida muzokaralar olib bormoqda. 

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi rahbariyati ham xorij xizmat safarlarida bo‘lib, O‘zbekistondan ipak mahsulotlari eksportini oshirish va investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda. 

Gulnoza Boboyeva, 

O‘zA