Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik sohasida investitsion loyihalar
17:21 / 2023-07-17

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11 iyul kuni investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, unda bir qator vazifalar belgilangan edi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bu boradagi vazifalardan kelib chiqib tizimda investitsion muhitni tahlil qilish, qayta ko‘rib chiqish va uning jozibadorligini oshirish borasida keng-ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov respublikamizdagi “Agro pilla” MCHJ rahbarlari, tadbirkor va investorlar bilan viloyatlardagi investitsion muhitni yaxshilash, yangi investitsiyalarni har bir tuman kesimida joriy qilish kabi masalalarni muhokama qildi.  

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2023 yil yakuniga qadar qiymati 34,6 million dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirilishi belgilab olindi.  

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 million dollarlik yangi 4 ta investitsiya loyihalari shakllantirildi va 2 ta korxonada 740 ming dollarlik modernizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Buxoro viloyatida 9 million dollarlik yangi 6 ta investitsiya loyihalari shakllantirildi va 4 ta korxonada 1,5 million dollarlik modernizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.  

Navoiy viloyatida esa 6,5 million dollarlik yangi 4 ta investitsiya loyihalari shakllantirildi hamda 3 ta korxonada 1,4 million dollarlik modernizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi.  

 Shuningdek, Xorazm viloyatida 6 million dollarlik yangi 3 ta investitsiya loyihalari shakllantirilib, 2 ta korxonada 1,5 million dollarlik modernizatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha reja tuzib olindi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA