English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik sanoatiga munosib hissa qo‘shdik
15:50 / 2023-06-12

Ipakchilik qadimdan sharqda juda rivojlangan. Buyuk ipak yo‘lining xalqaro savdo yo‘liga aylanishida ham ipak mahsulotlarining ahamiyati katta.

Yurtimizda ham pillachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri sanaladi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ham mazkur tarmoqni rivojlantirish, pilla boquvchi kasanachi va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, tut plantatsiyalarini ko‘paytirish, pillani qayta ishlash hajmini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  

Ayni kunlarda viloyatda pilla qurti boqish mavsumi yakunlanish arafasida. Xususan, Shahrisabz tumani pillakorlari davlatga joriy yilda 291 tonna 211 kilogramm pilla topshirib, belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardi.  

Tumanning Shovkan qishlog‘i Ulug‘bek xo‘jaligida faoliyat yurituvchi  “Niyozov Olimjon” fermer xo‘jaligi rahbari Olimjon Niyozov ham joriy mavsumda 10 quti pilla qurti boqib, 600 kilogramm hosil topshirdi.  

[gallery-12297]

– Fermer xo‘jaligimiz hisobida 65 gektar yer maydoni bor. Unga paxta-g‘alla ekamiz, – deydi O.Niyozov. – Pilla qurti boqish har yilgi ishimiz, uzoq yillik tajribamiz bor. Ammo joriy yilgi mavsum anchagina sinovli kechdi. Boshlanishiga kunlar ancha salqin keldi. Tut barglari tez rivojlanmadi. Shuni hisobiga qurtlarning o‘rash muddati biroz cho‘zildi. Lekin amalladik. Mehnatimiz zoye ketmadi. Yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Yurtimizning ipakchilik sanoatiga o‘z hissamizni qo‘shdik.  

O‘lmas Barotov,

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.