“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro muloqoti o‘tkazildi
2025 yil 3 iyul kuni Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining “Ipak yo‘lidagi turizm” (WTA Silk Road Dialogue) xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Forum Turizm qo‘mitasi va Butunjahon sayyohlik alyansining (WTA) hamkorligida hamda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
“Ipak yo‘li muloqoti orqali yorqin kelajakni barpo etamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir dasturi plenar majlislar, davra suhbatlari, B2B uchrashuvlar, taqdimotlar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Tadbir ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklar o‘rnatish va sayyohlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ziyovuddin Nuridddin, O‘zA