Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ipak Yo‘li» banki va Mastercard iPhone 13 Pro, PlayStation 5 va Apple Watch 7 o‘ynaladigan aksiya boshladi
18:02 / 2021-12-01

«Ipak Yo‘li» AITB Mastercard bilan hamkorlikda 2021 yilning 1 dekabridan 2022 yilning 1 mayiga qadar «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasi doirasida har oyda bir marotaba qimmatli sovg‘alar yutuqli o‘yinini o‘tkazadi.

Yutuqlar 3 toifadagi 35 ta qimmatbaho sovg‘alarni o‘z ichiga oladi: 

I toifa: Apple iPhone 13 Pro 256 GB mobil telefoni – 5 dona;

II toifa: Sony PlayStation 5 o‘yin pristavkasi – 15 dona;

III toifa: Apple Watch Series 7 45 mm smart soatlari – 15 dona. 

Aksiyada «Ipak Yo‘li» bankining istalgan bo‘limida chiqarilgan Mastercard Platinum Light va Mastercard Platinum Black kartalari sohiblari ishtirok etishi mumkin. Xalqaro kartani Ipak Yo’li Mobile (http://onelink.to/t8vv6e ) mobil ilovasi orqali buyurtma qilish yoki bankning istalgan ofisida 10 daqiqa ichida ochish mumkin. 

Apple iPhone 13 Pro 256 GB mobil telefoni bir vaqtning o‘zida g‘olib deb topilgan hamda bir saralash muddati ichida bitta Mastercard kartasi orqali amalga oshirgan to‘lov xarajatlari boshqa ishtirokchilar to‘lovlariga nisbatan ko‘proq bo‘lgan aksiya ishtirokchisiga beriladi. Ikki va undan ko‘p Mastercard kartalari to‘lovlari orasida bir xil summa aniqlangan holatda g‘olib tasodifiy sonlar generatori orqali tanlab olinadi.

Sony PlayStation 5 yutuqli o‘yinida qatnashish uchun bitta Mastercard kartasidan tovar yoki xizmatlar uchun 50 AQSH dollaridan boshlanadigan bir martalik yoki ketma-ket to‘lovni aksiya saralash muddatlaridan biri davomida amalga oshirish kerak. 

Apple Watch Series 7 45 mm smart soatlarini yutib olish uchun bitta Mastercard 20dan 49,99 AQSH dollarigacha bo‘lgan summadagi bir martalik yoki ketma-ket to‘lovni aksiya saralash muddatlaridan biri davomida amalga oshirish kerak. 

Oylik yutuqli o‘yinni o‘tkazish haqida bank ijtimoiy tarmoqlarida oldindan e’lon beriladi. U onlayn-translyatsiya shaklida «Ipak Yo‘li» bankining Instagram’dagi rasmiy sahifasi orqali o‘tkaziladi. 

G‘oliblar ro‘yxati www.ipakyulibank.uz saytining «Yangiliklar» bo‘limi, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi,  shuningdek, Instagram sahifasidagi aktual storizda saqlanadi. 

Ma’lumot uchun telefon: 1296

Reklama huquqi asosida