Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipak qurti urug‘lari Xitoydan keltirilmoqda
07:57 / 2024-04-12

Shu kunlarda bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug‘lari Xitoydan keltirilib, Toshkent viloyatining 11 ta ixtisoslashgan tumanlariga tarqatilyapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jami 20 ming 180 quti xorijdan keltirilgan ipak qurti urug‘larining holati mo‘tadil, talafotlar yo‘q. Muhimi, mazkur elita urug‘larining 1 qutisidan 58-60 kilogramm hosil olish reja qilingan.

 Toshkent viloyati “Agropilla” tashkiloti rahbari Akrom Eshonqulov bu jarayonlar qanday ketayotgani bilan tanishib, mas’ullar bilan suhbatlashdi.  

Joriy yil birinchi va ikkinchi mavsumlarda viloyat pillakorlari tomonidan 31 ming 746 quti inkubatoriyalarda ochtirilgan qurtlardan 2 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirish belgilangan. Undan o‘z navbatida qayta ishlash tarmoqlarida “kumush tola” olinadi.  

Joylarda ipak qurtlarini parvarishlash uchun ozuqa bazasi yaratilgan. Dalalar chetlari va maxsus hududlarda tut daraxti plantatsiyalari bor. Shu bilan birga, tut daraxti ko‘chatlarini ekish va parvarishlash ishlari ham samarali tashkil etilgan. Bu bilan tumanlardagi 84 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi.

Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda pillani qayta ishlash hisobiga 10 million 700 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilish prognoz qilindi. Kelgusida Toshkent viloyatining pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va xorij tajribasidan samarali foydalanish borasidagi sa’y-harakatlar davom etadi.  

Ayni paytda Bekobod, Bo‘ka, Piskent tumanlarida 6 ming 400 dona qutidagi xitoydan keltirilgan urug‘larni jonlantirish ishlari boshlab yuborildi.

A. Musayev, O‘zA muxbiri