Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ipak": fidoyi pillakorlar hayotiga bag‘ishlangan film suratga olinmoqda
17:43 / 2022-04-25

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi va Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda «Ipak» nomli badiiy film suratga olinmoqda.

Filmda o‘zbek ipakchiligining ko‘p asrlik tarixi, bugungi rivojlanishi holatlari, sohada faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, zahmatkash va fidoiy pillakorlar hayoti aks ettirilmoqda.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov film ijodkorlariga tasvirga olish jarayonlarini amalga oshirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishini ta’kidladi.

– Muhimi, sifatli va asrlar davomida ko‘rishga arzigulik kino bo‘lishi lozim, – dedi B.Sharipov. – Filmda bosh qahramonning sohani rivojlantirishdagi zahmatlari va natijalari aks etadi.

Ma’lumotiga ko‘ra, «Ipak» badiiy filmining davomiyligi 1 soat 30 daqiqa, film yuzasidan ssenariy muallifi Baxtiyor Karim, rejissyor Ilhom Magametibragimov, postonovkachi operator Jamshid G‘aniyev, film direktori Izzatilla Rashidov va boshqalar ish olib bormoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA