Iordaniya Qiroli Abdulla II ning o‘g‘li, valiahd shahzoda Husaynning nikoh to‘yi boshlandi, deb xabar berdi “Yevronyus” telekanali.
Uning rafiqasi arxitektor Rajva Al-Saif Saudiya Qirollik oilasi bilan qon-qarindosh.
Marosimining birinchi kuni poytaxt Ammandagi Zahron saroyida bo‘lib o‘tdi.
To‘yga 1 700 dan ziyod mehmon – taniqli insonlar, siyosatchilar, Qirollik oilasi a’zolari keldi. Ular orasida Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam rafiqasi Keyt bilan, Ispaniyaning sobiq Qiroli Xuan Karlos 1 rafiqasi Sofiya bilan, Gollandiya Qirolligi juftligi Villem-Aleksandr va Maksima, shuningdek, AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden hamda Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi bor.
Iordaniyaliklar Amman ko‘chalarini to‘ldirishdi, payshanba kuni mamlakatda dam olish kuni, deb e’lon qilingan.
Qirollik to‘yi uch kun davom etadi.
28 yoshli valiahd shahzoda Husayn Sandxerst harbiy akademiyasi bitiruvchisi. Uning 29 yoshli rafiqasi Rajva taniqli tadbirkor Holida Al-Saifaning qizi. Kelin onasi tomonidan Saudiya Qirolligi xonadoniga yaqin hisoblanadi.
O‘zA