Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iordaniya va BAA G‘azoga yordam yubora boshladi
15:22 / 2025-07-28

Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya Isroil blokadasi sabab ocharchilikda qolayotgan G‘azo sektoriga uchoq orqali yordam yuborishni boshladi.

“KAN” xabariga ko‘ra, ikki o‘lka samolyotlari parashyutlar orqali G‘azo shahriga yirik hajmli sakkiz quti yordam tashlagan.

Bu qutilarning to‘rttasi G‘azoning Eski shahar hududiga, yana to‘rttasi esa shahar shimolidagi Zaytun mahallasiga tashlanganligi aniqlangan.

Isroil armiyasi juma kunidan boshlab xorijiy davlatlarga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamlarini havodan olib o‘tishga ruxsat berishini aytgan edi.

Ta’minotning bir qismi dengizga tushib, ochlikdan azob chekayotgan aholini qirg‘oqqa chopishga majbur qildi, qolaversa, yordamning shu tariqa yetkazilishi qattiq tanqidlarga uchradi.

M.Pirmatova, O‘zA