Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investorlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash – ustuvor maqsad
12:03 / 2021-02-24

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “Indorama” (Singapur) kompaniyasi direktori Prakash Kejrival bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahrida yigiruv ishlab chiqarish quvvati, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy maydoni 100 ming gektarga yaqin paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etish hamda Qo‘qon superfosfat zavodini modernizatsiya qilish loyihasini nazarda tutgan holda, singapurlik investorning O‘zbekistondagi loyihalari amalga oshirilishi muhokama qilindi. Jumladan, joriy yil xo‘jaliklar bilan hamkorlik qilish, ishlab chiqarish ob’ektlarini muhandislik kommunikatsiyalariga ulash va dala ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Xorijiy investor Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida logistika markazi va mashina-traktor parki qurish orqali yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari texnik bazasini kengaytirish hamda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida paxtani qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona tashkil etish rejalarini bildirdi. Tomonlar ushbu tashabbusni amalga oshirish doirasidagi sheriklik jarayonini muhokama etdilar. Shuningdek, mavjud amaliy masalalarni hal etishning aniq yo‘larini ishlab chiqdilar.

Uchrashuv yakunida singapurlik investor respublikamizda amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar O‘zbekiston tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch hosil qildi.