Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investorlar forumi
19:10 / 2015-10-02

Toshkentda 5-6-noyabr kunlari Prezidentimizning farmoyishiga muvofiq xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda 5-6-noyabr kunlari Prezidentimizning farmoyishiga muvofiq xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususiy mulk ustuvorligini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi ishlab chiqildi, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ishonchli huquqiy kafolatlari yaratildi.

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosini Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan puxta iqtisodiy siyosat tashkil etadi. Buning samarasida O‘zbekiston sanoati rivojlanib borayotgan zamonaviy davlatga aylanmoqda.

Ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish muhim ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarning hal etilishi istiqbolda iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish va mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, aholi hayot darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 28-apreldagi «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida ishlab chiqilgan 2015-2016-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha dastur bu borada alohida ahamiyatga ega. Mazkur hujjatga muvofiq ikki yil davomida real iqtisodiyot tarmoq va sohalarida davlat ishtirokini kamaytirish, 1247 korxona va obyektni xususiy mulkka o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ushbu dasturni amalga oshirish uchun mazkur jarayonga xorijiy investorlarni jalb qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Ular uchun mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yil sayin ortib borayotgani ham buning tasdig‘idir.

Mamlakatimizning iqtisodiy va investitsiya salohiyatini, 2015-2016-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha dasturga kiritilgan yetakchi korxonalarni taqdim etish va ularni ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik ta’minlashga qodir strategik xorijiy investorlarga sotish, shuningdek, ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish maqsadida Toshkentda xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi.

Unda yetakchi xalqaro tashkilotlar, xorijiy investitsiya kompaniyalari, jamg‘armalar, agentliklar, yirik transmilliy kompaniyalar vakillari qatnashadi.

Muxtasar aytganda, mazkur xalqaro anjuman chet ellik investorlarga o‘zaro manfaatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonning istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan bozorida yangi imkoniyatlar yaratish imkonini beradi.