Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalarining bajarilishi o‘rganilmoqda
11:55 / 2024-04-14

Toshkent viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Ohangaron shahridagi “Azia Iron Steel” MCHJning po‘lat mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasi, “Quality Device” MCHJning elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va Ohangaron tumanidagi “Premier electrotech” MCHJning maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish loyihalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun: joriy yilning birinchi choragida viloyatda amalga oshirilayotgan 104 ta loyiha doirasida 307,7 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib. ushbu reja amalda 100,6 foizga bajarilishi ta’minlagan.  

Birinchi galda tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokidagi loyihalarni yanada jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

A.Musayev, O‘zA muxbiri