Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari taraqqiyotga xizmat qiladi
17:09 / 2026-01-13

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bir qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Dustlab viloyat hokimi Navoiy shahridagi “Gidro Stanko Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan.

Korxonaning qo‘shimcha sanoat loyihasi esa avtomobilsozlik sanoatiga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Viloyat hokimi Normat Tursunov mazkur loyiha va qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda Navoiy shahridagi “Navpromlitmash” sanoat korxonasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yiliga 25 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi. 

Loyihaning umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil etib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

 “Tiancheng stone” MCHJ XKning qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat parkida ham ish jarayonlari qizg‘in ketmoqda. 

35 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan ob’ektning loyiha qiymati 100 million AQSH dollari bo‘lib, ob’ektning to‘liq ishga tushishi bilan 1000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Korxonaga zamonaviy uskuna va jihozlar Xitoy davlatidan olib kelib o‘rnatiladi. Mahsulotlarining asosiy qismini eksport qilish rejalashtirilgan. 

Viloyat rahbari jarayonlarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri