Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari: natijalar tahlil qilindi, rejalar belgilandi
14:52 / 2022-10-14

Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar, vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari Bahodir Botirov Sirdaryo tumanidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini o‘rgandi.

Tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida 3 672 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladigan umumiy qiymati 1 trillion 898 milliard so‘mlik jami 66 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar asosan ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona tashkil etish, chorvachilik, yarim intensiv usulida baliq yetishtirish va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Dasturga muvofiq joriy yilning 3-choragida 24 ta loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Mas’ul idoralar, tashabbuskorlar tomonidan ko‘rilgan amaliy ishlar natijasida 104 milliard so‘mlik 32 ta loyiha ishga tushirilgan. Buning natijasida 367 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tuman mutasaddilari bilan o‘tgan muhokamada qolgan 34 ta loyihaning o‘z muddatida ishga tushirilishi bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mazkur loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga yana 3 302 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Bu loyihalar bo‘yicha monitoring olib borish yuzasidan hokimlik, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sh.Suyarov, O‘zA