Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari ko‘paymoqda
11:46 / 2025-01-04

Yakunlangan 2024 yil Ohangaron tumani uchun salmoqli va samarali natijalarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, investitsiya, sanoat loyihalarini amalga oshirish borasida tizimli ishlar qilindi.

Jumladan, 2024 yil 177,9 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish prognoz qilingan bo‘lib, shu asosida xorijiy hamkorlar bilan ishlar olib borildi. Xususan, mazkur tumanning “Qiziloy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida umumiy quvvati 20 ming tonna sement va beton qo‘shimchalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Toshkent Conch New Materials” korxonasi foydalanishga topshirildi.  

Korxonaning ochilish marosimida Ohangaron tumani hokimi Doniyor Madirimov bilan “Conch Group” kompaniyasi rahbariyati vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro davra suhbatida O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining hamkorlik borasidagi tashabbuslari hamda yangi loyihaning istiqbollari haqida so‘z bordi.  

Tadbirda tuman hokimi Doniyor Madirimov mamlakatimizda aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan xalqchil islohotlar haqida alohida to‘xtalib, yangi ochilgan korxona ana shunday bunyodkorlik ishlarining yana bir natijasi ekanini ta’kidladi.  

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar hamda mas’ullar korxonaning imkoniyatlari va undagi yuqori texnologiyalar bilan tanishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil Ohangaron tumanida 206 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.  

Kelgusi 5 yillik davomida 44 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish hisobiga 2,7 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirib, 3 ming 705 ta ish o‘rinlar yaratish maqsad qilingan. Shunga mos ravishda eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar soni 35 tadan 58 taga hamda eksport geografiyasi 16 tadan 22 taga yetkaziladi.  

A.Musayev, O‘zA