Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari – farovonlik demak
16:14 / 2025-09-10

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlar tashabbusi asosida ishlab chiqarish korxonalari soni va samaradorligi izchil ortib bormoqda. Xususan, tumanning “Namuna” kichik sanoat zonasida joylashgan “Terry jar textile” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hozirda, Italiya texnologiyasi asosida qiymati 5 million dollarga teng bo‘lgan paypoq va trikotaj ishlab chiqarish loyihasining birinchi bosqichi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur korxona ishga tushirilgach, 50 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi, yiliga esa 4 million donadan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi hamda to‘liq eksportga yo‘naltiriladi. 

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov kichik sanoat zonasidagi ushbu jamiyatga kelib, qurilish ishlari, olib kelingan yangi texnologiyalar va kelgusi rejalar bilan tanishdi. Istiqbolli loyihaning ahamiyatiga to‘xtalib, tezroq foydalanishga topshirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. 

Kichik sanoat zonasining o‘zida Birlashgan Arab Amirliklarining “Sura general investmen” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 3 million dollarni tashkil qiluvchi bog‘ barpo etilmoqda. 

Qolaversa, xitoylik investorlar ishtirokida bir million bosh parranda boqishga ixtisoslashtirilgan, qiymati 10 million dollar bo‘lgan parrandachilik kompleksi loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.